avatar
Куч
388.34
Рейтинг
+146.81

Kavsar Shirin

Мақолалар

Kim ko'ruptur bir quyosh...

G'azallar tahlili
Fitnalik to'qquz falak girdingda, jono, turfadur,
Kim, ko'ruptur bir quyosh davrinda mundoq holalar.

Navoiy bu yerda sayyoralarning quyosh atrofida aylanishini nazarda tutmoqda. Sening oldingda to’qqiz sayyora aylanmoqdaki, quyosh bu sayyoralarga markaz bo’lganidan buyon bu holat hali yuz bermagan edi. Sen quyoshdan ham ko’ra nurliroqsanki, natijada to’qqiz falak quyoshning gardishi atrofida emas, balki sening atrofingda aylanmoqda, demoqchi shoir. 

Bordilar ahbobu men yig'larmen o'z ahvolima,
Korvondin qolg'an it yanglig'ki, qilg'ay nolalar. 


Do’stlarim(ahbob) kelishganda meni o’z ahvolimga karvondan qolib ketgan itdek yig’layotganligimni ko’rishdi, deb tasvirlaydi Navoiy o’z lirik qahramonining holatini. Boshqa xabarlarda ko’rsatib o’tganimdek, bu yerda tamsil san’atidan foydalanilgan hamda ushbu san’atni qo’llashga “It hurar –karvon o’tar” maqoli asos qilib olingan. O’tgan asrlarda karvonning o’tayotganligini karvonning iti hurishidan bilishgan ekan. Xudo ko’rsatmasin-u, karvon iti cho’lda qolib ketsa, u o’limga mahkum qilinganligi bilan teng bo’lgan. Sababi cho’lda na suv va na yemak bor. Agarki o’zga karvon tasodif tufayli cho’ldan o’tib itni qutqarib qolmasa, albatta. Karvondan qolib ketgan itni osmonga qarab uvlashdan(nolishdan) o’zga iloji bo’lmagan. Bu yerda, oshiqning ahvoli – “hayot karvoni”dan qolib ketganligiga mengzanilmoqda. 

Ko'hi g'am bo'ldi Navoiy, lolalar-gulgun sirishk,
Tog' agar budur, bale, ashk o'lg'usidur lolalar. 


G’amlarimdan tog’ paydo bo’ldiki, ko’zyoshlarim esa bu tog’dagi lolalardir deb tashbehlaydi shoir. 

Sharh muallifi Nigora opa Umarova

uforum.uz/showthread.php?t=6270&page=10

Furqatingdin za'faron...

G'azallar tahlili
Furqatingdin za'faron uzra to'karmen lolalar,
Lolalar ermaski, bag'rimdin erur pargolalar.

Sening firoqingdan rangim za’faron bo’ldi. Ushbu za’faronligim ustiga yana lolalar to’kilmoqda. Za’faronlik ustiga to’kilayotgannni lolalar dema, bu bag’rimning uzilib tushgan parchalaridir. Za’faron asli sarg’ih tus beruvchi xushbo’y o’simlik, sariq rangda bo’ladi. Ushbu matla’da Alisher Navoiy husni ta’lil san’atidan foydalangan holda takrorlanmas timsoliy ifoda yaratgan. Bundan tashqari bag’irning hijrondan ezilib qon bo’lib parchalanishi mubolag’a san’atining ig’roq turiga mansubdir.

Ko'zing qonimdin iymonmas...

G'azallar tahlili
Ko'zung qonimdin iymonmas ajabdur,
Ki «Qorqar qaydakim qon ko'rsa hindu»

Bu yerda «Iymonmas» so'zini «iymanmas-tortinmas» ma'nosida tushunilish so'raladi. So'zda tovush o'zgarish hodisasi bo'lgan «iymonmas» so'zi «iymanmas» so'zining tarixiy XIV asrlardagi varianti hisoblanadi. Mumtoz adabiyotda ma'shuqaning ko'zi va xolini qoraligi uchun hindga o'xshatish an'anasi bor. Bu o'rinda shoir yorining ko'zini hindga o'xshatmoqda. Hind qondan qo'rqadi, degan tushuncha bor. Ammo men ajablanamanki< sening ko'zing hind bo'lsa ham ko'z yoshlarimning qondek oqishidan qo'rqmayapti. Agar qo'rqqanida edi rahm qilardi, men vaslingga yetar edi va ko'z yoshlarim to'xtar edi. 

Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat
Ki ayturlar: «Tilaganni tilogu». 


Mazkur bayt g'azalda ifodalangan hamma orzu-istaklarning xulosasi hisoblanadi. Unda shoir o'z ma'shuqasidan oxirgi marta muruvvat, lutf qilishni so'raydi… Men odamlar «Tilagan tilagiga yetadi» deganlaridek, senga yetishish uchun iltijo qilaman va agar odamlarning gapida haqiqat bo'lsa, maqsadimga yetaman, deb umid bildiraman, demoqchi shoir.
Ma'lum bo'ladiki, bir jihatdan, maqollar shoir mahoratining namoyon bo'lishi uchun ajoyib vositaga aylangan. Ushbu g'azal orqali biz XIV-XV asrlarda xalq orasida mashhur bo'lgan maqollar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldik. 

Nigora opa Umarova sharhlaridan olindi

uforum.uz/showthread.php?t=6270&page=10

Do'stning yaxshisi

Hikmatli so'zlar
Do'stingni har ishda aylasang itob,
Topolmay qolursan aybsiz ahbob.
Suvni gar loyqa, deb ichmasang, ey kas,
Qolursan tashna, yo'q suvlari bexas.
Maholdur aybsiz bo'lmog'i odam,
Yaxshidir sanoqli aybi bor hamdam. 

Bir hakim debdurkim: «Gapning yaxshisi o'zi qisqa, lekin sermazmun va malolsiz bo'lganidir».

  «Unvonul-bayon» arabchadan Abdulaziz MANSUR tarjimasi. 
«Islom nuri», 2009, 25 iyun soni.

Ustozlar hikmati

Hikmatli so'zlar


Xato qilishdan qo'rqmang chunki bu dunyo xato qilish va ularni tuzatishdan iborat.

f.f.n. Ja'far Muhammad


Sahro — Allohning yerdagi jannati. Chunki odam sahrodagina U bilan yolg'iz qoladi. 

dots. Abdulla Ulug'ov


Olimlar osmonga sochilgan yulduzlarga o'xshaydi. Agar olim halolni tutsa, oddiy kishilar shubhalisini ushlaydi. Agar olim shubhalisini tutsa, boshqalar haromni borib tutadi. Agar olim kishi haromni tutsa qolganlar imondan ketadi. Shu bois olimlarga faqat halollik nasib etsin. 

prof. Bahodir Karimov

Uforum hikmatlari

Hikmatli so'zlar
Ҳатто, берадиган саломингни ҳам кўнгилдан чиқариб айт. Қалбдан чиқмаса, яхшиси сўзлама!

* * *

Arastuga seni falon odam orqavarotdan so'kib yuribdi, deya xabar yetkazishdi. «Orqavarotdan kaltaklasa ham mayli», deb javob qaytardi donishmand.

***
Javrayverib Arastuning joniga tekka bir mahmadona undan nihoyat «Seni charchatib qo'ymadimmi?» deb so'radi. «Aslo,-dedi faylasuf,-men asti quloq solganim yo'q

* * *
Aytdilar: Allohga tavakkal qilgan kishi na qalqonning, na talqonning ga'mini yeydi. 

* * *

Dedilarki: Bilmaganlar borib bilganlardan so'rasin va o'rgansin. Aytmadilarki: Bilganlar borib bilmaganlarga kaltaklab o'rgatsin deya. Shuning uchun xalqda maqol bor: Bilmaganin so'rab organgan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim. 

* * * 
Ikki xil sabab bilan inson so'ramaydi olim kishidan:
1. Yo kibr qiladi;
2. Yoki uyaladi.

* * *
Olimning oldida tilingni tiy, valiyning oldida dilingni. 


Асира юлдузга

Nazm
Сен, эй, осмонларга асира юлдуз, 
Улкан йўлларимдан йироқ тур йироқ. 
Менинг масканларим кечамас – кундуз, 
Шуъланг ишвалари қўёлмас тузоқ. 

Сенда хира тортиб қолган бу кўзлар, 
Қуёшнинг юзларин қаердан кўрсин?
 Зоҳирни кўролмай толган бу кўзлар, 
Ботиннинг изларин қаердан кўрсин? 

Сен, наҳот билмадинг армонлигимни?
 Қолди-ку, етолмай, неча ёронлар. 
Сен наҳот билмадинг карвонлигимни?
 Занжир-ла боғлаган эди сарбонлар. 

Сен, эй, шубҳаларга йўрғалаган жон, 
Менинг оламимдан йироқсен, йироқ.
 Нигоҳим руҳингдан тозадир, инон, 
Занг босган юрагинг кўролмас, бироқ.

 Сен ҳамон бегона, бошқача йўлинг, 
Мен эса кимлигинг билиб кетаман. 
Сендан олисдаман, етмайди қўлинг, 
Истасам, сочимга илиб кетаман. 

Сен, эй, осмонларга асира юлдуз, 
Ўтли йўлларимдан йироқ тур, йироқ.
 Менинг масканларим кечамас – кундуз, 
Шуълалар мен учун қўёлмас тузоқ. 

Кавсар © 2010

Islom qubbasi

Nazm

Endi Buxoroning qaro ko’zlari,
Qalbim diyorida yashaydi faqat.
Ilhombaxsh aylagan sirli so’zlari,
She’rim mehrobida tizilar qat-qat.

Islomning eng go’zal qubbalarini,
Qurgayman, jahonning nazmi aro, Haq.
Kiyib shayx-qalandar jubbalarini,
Turgayman, sharqona ustunday faqat.

Sen bilan topdim...

Nazm
 
Sensiz ruhim bu tanda g’arib,
Qaraniydek Yamanda g’arib.
Men Vatanni Sen bilan sevdim,
Sensiz qolgum Vatanda g’arib.
 
Sen Vatanning o’zisan ey yor,
Kamon qoshli ko’zisan ey yor.
Men Vatanni Sen bilan topdim,
Sen Vatanning o’zisan ey yor…
 
Ja’far Muhammad Termiziy.

Janonadir jonimda jon

Nazm
 

Jon beray jonim oling, janonadir jonimda jon,
Yetmish ikki firqadin o’tgan tanu jonimda qon.
 
Men netay oshkora ketgandin tag’in keldi nihon?
Ansizin o’tgan tunim har lahzada aylab fig’on.
 
Dilni hech yoritmading ay, kechaning yulduzlari,
Bas ani sog’inchlarim-la yondiray, manga inon...
 
Gar U, Kavsar so’zlarini aylamas ersa qabul,
Jon beray jonim eting, janonadir jonimda jon.

© 2012 

Oshkor aylama

Nazm

G’amim ichra bu nafsimni boshimda toj aylama,
Meni yo Rab birovlarg’a sira muhtoj aylama.

Menga Rabbim saningsiz birovni yor aylama,
Xayolim band etib hamda tunim bedor aylama.

Bu mahzun holimni hech kimsag’a oshkor aylama,
Ki yo’ldosh aylasang zikrim, g’animga xor aylama.

Ko’ngil mehrobini nafs ganjidin obod aylamay,
Tavozelik qushin dildan sira ozod aylamay. 

Junun ahlidin et mayli, faqat nodon aylama.
Gunohin Kavsaring kechgil, dilin hufton aylama.
18.02.2012 ©

Siz onamsiz...

Nazm

Hayomisiz zamin uzra jilmayib,
Nigohlarin kiprigi-la yashirgan. 
Ummonmisiz ishq dardini oshirib,
Irmoqni ham daryo kabi toshirgan...

She'rimmisiz navolarda yangragan,
Qamar misli tunni kunduz aylagan.
Siz ayolsiz qirq jon ila yashagan,
Go'zal bo'lib go'zalligin sezmagan,
Siz onamsiz — dunyo ulug' aylagan... 

© 08.03.12 

Rashk aylasam

Nazm












Bilursanmi, soching o'psa sabolardin rashk aylasam?
Bilursanmi, yuzing quchsa havolardin rashk aylasam?

Anor olday labing uzra qo'yar bo'lsa yuzin ey voh,
Labing olin so'rab olgan gadolardin rashk aylasam.

Anormasdir bu ham balki, erur sharbat to'la xumcha,
Seni ul xumchadek ko'ngli yarolardin rashk aylasam.