Ozarbayjon oshxonasining eng mashhur va mazali pishiriqlaridan biri — bu yong'oq-shakar nachinkali pahlava hisoblanadi. Uning har xil turlari(drojjeyli, drojjeysiz, qatlamali xamirli va ichiga solinadigan nachinka tarkibiga ko'ra) bor. Pahlava nafaqat mazali, balki to'yimli pishiriqlardan biridir. Quyida «Baku pahlavasi»ni tayyorlash jarayonini keltirdik. ...Batafsil
Shifobaxsh xususiyatga ega bo’lgan moychechak (romashka) o’simligi ko’zni quvontiradi. Bu giyoh teri va uyqu holatini me’yorlashtirish xususiyatiga ega. Tomoq yallig’lanishi va shamollashda ham moychechak damlamasi yaxshi yordam beradi. Bunday dorivor o’simliklarni qog’oz yoki mustahkam quttida saqlagan yaxshiroq. Damlama tayyorlash jarayonida esa uning faqat to’pgullaridan foydalangan ma’qul. Quyidagi maslahatda moychechakning shifobaxsh xususiyatlari haqida to’xtalamiz. Siz endi moychechakning qanday xususiyatlarga egaligi va undan qanday qilib foydalanish usullarini ham bilib olishingiz mumkin....Batafsil
Somsalarning bir qancha turlari bor: go'shtli, qovoqli, tugmacha, varaqi, ko'k somsa va hk. Oldingi maslahatimizda somsaning eng oddiy usuluni tayyorlashni ko'rsatgan edik. Endi esa undan bir oz farq qiluvchi qatlamali turini tayyorlaymiz. Bu xil somsaning xamiri qatlam-qatlam qilib tayyorlangani uchun uni «Qatlamali somsa» deb atadik. ...Batafsil
Tirnoqlar qanchalik ozoda va me’yorida bo’lsa, barmoqlarga shunchalik yarashib turadi. Buning ustiga tirnoqning salomatlikka ham ta’siri bor ekan. Shu bois qizlarga uzun tirnoqlarini vaqti-vaqti bilan tozalab, uni kaltalatib turishlarini tavsiya qilamiz. Tirnoqlar ham alohida parvarishni talab qiladi. Shunday ekan, ular uchun nimalar zararli va foydali ekanligini ham bilib oling. ...Batafsil
Qishki ta’til ham tugab endi sessiya topshirish tashvishi bilan yelib yugurayotgan bo’lsangiz kerak. Ammo, yugurishga hali shoshilmang, sizga kerak bo’ladigan ba’zi maslahatlarimiz bor. Bir tanishib olsangiz zarar ko’rmaysiz. Bu maslahatlar sizga keyingi sessiyangizni ham muvaffaqiyatli topshirishingizda yordam beradi. ...Batafsil
Bu nafaqat iqtisodchilarning, balki har bir oila tashvishi bilan yurgan yoki ertasini o’ylagan talabalarning ham eng muhim savollaridan biri bo’lsa kerak deb o’ylayman. Biz doim xarid qilganimizdan so’ng pullarimiz nimalarga sarf bo’lganini sezmay ham qolamiz. Ba’zan xaridlarimiz unumsiz, ammo chiqim ko’p xarj bo’lgandek tuyuladi. ...Batafsil
Ishga o’z vaqtida yetib kelish uchun ertaroq harakat qilish lozim. Buning uchun esa ertalab vaqtli uyg’onishga odatlanish kerak. Ba’zilar har qancha budilkni sozlab qo’ymasin baribir foyda bermaydi. Shunday paytda uxlab qolmaslik uchun nimalar qilish kerak? Erta uyg’onishning yo’llari bormi? Maslahatlar juda oddiy, ularga amal qilish esa sizning ixtiyoringizda. ...Batafsil
Ish bilan band bo’lib, uyda o’z farzandini yolg’iz qoldirishni istamagan ota-onalarga bolalar bog’chasi yaxshi xizmat qiladi. Bundan tashqari farzandingiz o’z tengdoshlari orasida tezroq muloqotga kirishishni, odamlar bilan qo’shilib o’zini qanday tutishni sekin-asta o’rganib boradi. Hozirgi paytda bolalar bog’chasi ancha ko’payib qoldi. ...Batafsil
Dazmol uy bekalari uchun eng yaxshi yordamchi. Kiyimlarimizni dazmolsiz tartibga keltira olmaymiz. Qadimgi dazmollar o’t yoqib qizdiriladigan shaklda bo’lgani bois, uni “o’t yoq”, deb atashgan va bu hodisa tilshunoslikda keyinchalik “utyug” bo’lib qoldi. Agar o’zingizga dazmol xarid qilmoqchi bo’lsangiz avvalo nimalarga ahamiyat berish kerakligini unutmang. ...Batafsil
So’zning qudrati bo’lgani singari ismlar ham bizning hayotimiz, taqdirimizga ta’sir qiladi. Har bir ota-ona o’z farzandiga eng ezgu niyatlar bilan nom qo’yadi. Uning kelajakda shu ismga munosib bo’lishini o’ylaydi, ammo ko’p hollarda bola bu ismni oqlay olmaydi. Buning bir qancha sabablari bor. Agar siz farzandingizga to’g’ri va munosib ism tanlamoqchi bo’lsangiz nimalarga ahamiyat berishingiz kerakligini bilib olishingiz kerak. Quyidagi maslahatimizning foydasi tegadi degan umiddamiz. ...Batafsil
Siz ham bolaligingizda ko’plab ertaklar eshitgan bo’lsangiz kerak. “Oltin baliq”, “Yoriltosh”, “Uch og’ayni botirlar”, “Tohir va Zuhra” va hk. Ertaklar bola ruhiyatida muhim rol o’ynaydi. Afsonaviy qahramonlar bolakaylarning xarakteri, ichki dunyosi va dunyoqarashiga ta’sir etmay iloji yo’q. Shuning uchun ham xalqimiz qadimdan bir-biridan qiziqarli ertaklar aytib berib o’z farzandlarining tarbiyasi bilan shug’illanishgan. Ammo bolajonlarga hamisha ham siz tanlagan ertak yoqavermasligi mumkin. Buning uchun nima qilish kerak? Farzandingiz ma’nan sog’lom bo’lib ulg’ayishi uchun ularni to’g’ri yo’naltira olyapsizmi, ertaklarni to’g’ri tanlay olyapsizmi? Agar bu jihatlarga ilgari ahamiyat bermagan bo’lsangiz, unda maslahatimiz sizga qo’l keladi deb umid qilamiz....Batafsil
Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash har bir ota-ona va ustozlar zimmasidagi oliy vazifalardan biridir. Shunday ekan, biz nafaqat yoshlarni, avvalo o’zimizni ham har taraflama komillashtirishga intilishimiz kerak. Shunda kelajak avlod bizning qo’ygan qadamlarimiz ortidan ergashadi. Ma’naviy salohiyatga erishish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak? Sizdan ko’p narsa talab etilmaydi. Bunga erishish uchun 3 ta asosiy jihatga doimiy e’tibor qaratsangiz kifoya. ...Batafsil
Ma’lumki, agar muvaffaqiyat qozona olmasak, uyda yoki ishda ozgina muammolarga duch kelsak, hayot tajribamiz bir oz pand bersa, darhol bizni tushkun kayfiyat o’rab oladi. Tushkunlik esa hech vaqt bizni bu noqulay vaziyatdan olib chiqolmaydi; o’zimizni o’nglab olishning yagona yo’li – bu irodali va kuchli mantiqiy tafakkurga ega bo’lishdir. Quyidagi maslahatimizda irodali bo’lishning o’ziga xos sirlari haqida so’zlaymiz.
Vaqt tez o’tyaptimi? Hech narsaga ulgurmayapsizmi? Bugungi kunda ko’pchilik, ish va o’qish tashvishida yurganlar, vaqt tig’izligidan shikoyat qilishadi. Vaqtni jilovlash va uni boshqarish uchun nimalar qilish kerak? Eng muhim ishga e’tibor qaratishni o’rganing. Ishlaringizni bajarish uchun tez, samarali va tartibli usulni sizga taklif qilamiz. Bajarishingiz kerak bo’lgan ishlarni ro’yxat qiling. ...Batafsil
Shu latofat, shu go'zallik, shu chiroy bilan,
Olganmisiz, Sheroziyning shirin jonini..
Yashirmangiz oy chehrani yuz hayo bilan,
Band etursiz, Sheroziydek, mening jonimni…
ZiyoNet ning eng mehribon, dilbar, jonkuyar moderatori, bizning qadrli Nigora opamizning Tug'ilgan kunlari bilan chin yurakdan tabriklayman! :) Sizga ikki olam saodati va eng go'zal ne'matlarini tilab, hurmat bilan Kawsar singlingiz hamda Maslahatchilar jamoasi… :)
Assalomu alaykum, qadrli Fikr.uz va Uzinfocom xodimlari hamda yurtimizning barcha fuqarolari! Kirib kelayotgan Yangi 2012 Yil bilan Maslahatchilar jamoasi nomidan sizlarni chin dildan qutlayman! Hamisha Qalbimizni iliqlik, Ko'nglimizni tiniqlik, Chehramizni Quvonch, Sevgimizni Ishonch, Yurtimizni Tinchlik, Dasturxonimizni To'kinlik, Hamisha Omad, Oilamizni Baxt Yuragimizni Muhabbat hech vaqt tark etmasin!..
Yangi yilda yaxshi kunlarda uchrashish umidi ila hurmat bilan, Kavsar hamda erkin hamkor bo'lgan Maslahat.uz sayti maslahatchilari…
Yangil yil stoliga mevalardan shirin salat tayyorlab qo’ysangiz, yaqinlaringiz uchun ajoyib va unutilmas tuhfa bo’ladi. Maslahatimizda «Bayram salati» qanday tayyorlanishini o'rganib olishingiz mumkin.